Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Buyuk Britaniya va Polsha yangi mudofaa shartnomasini imzoladi

Buyuk Britaniya va Polsha yangi mudofaa shartnomasini imzoladi

Agentlikning yozishicha, shartnoma, boshqa masalalar qatori, murakkab qurol tizimlarini birgalikda ishlab chiqish va ishlab chiqarishni ham nazarda tutadi. Mudofaa va xavfsizlikdan tashqari, ushbu bitim ikki davlat o‘rtasidagi energetika hamda migrasiya sohalaridagi hamkorlikni ham chuqurlashtirishi lozim.

"Uzoq vaqtdan beri biz umumiy dunyoqarash va umumiy qadriyatlarni baham ko‘radigan ittifoqchi va do‘st bo‘lib kelmoqdamiz", — deydi Kir Starmer imzolash marosimi bo‘lib o‘tgan Londonda, Polsha bosh vaziri bilan o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida.

O‘z navbatida, Donald Tusk Varshava va Londonga "xavfsizlik hamda mudofaa sohasida eng yuqori darajadagi mana shunday hamkorlik zarurligini" bayon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, shartnomadan maqsad — qonun ustuvorligi, demokratiya, inson huquqlari, birdamlik va farovonlik kabi umumiy qadriyatlarni himoya qilishdir.

Kiritildi: Bugun 14:44. O'qildi: 218 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!