Buyuk Britaniya hukumati Rossiyaga ehtiyot qismlarini olib kirishda vositachi bo‘lgan O‘zbekistonning “MVIZION” kompaniyasiga qarshi sanksiya kiritdi. Joriy yil noyabr oyida AQSh savdo vazirligi ushbu korxonani eksport nazorati ro‘yxatiga qo‘shgandi.
Ma’lumot uchun, “MVIZION” MCHJ 2022 yil 14 iyunda davlat ro‘yxatidan o‘tgan. Faoliyat turi sifatida elektron va telekommunikasion uskunalar va ularning ehtiyot qismlari ulgurji savdosi bilan shug‘ullanishi ko‘rsatilgan. Tashkilotning yagona ta’sischisi va rahbari sifatida Igor Nikolayevich IYEvlev qayd etilgan.