Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Buyuk Britaniya Ukrainaga qariyb 6 mlrd dollar ajratadi

Buyuk Britaniya Ukrainaga qariyb 6 mlrd dollar ajratadi

Buyuk Britaniya 2025 yilda Ukrainaga 4,5 milliard funt (dolllardagi ekvivalenti qariyb 5,8 mlrd dollar) harbiy yordam yubormoqchi, dedi Britaniya Mudofaa vaziri Jon Xili.

"Britaniyaga kelsak, biz Ukrainani har yili yuqori darajada qo‘llab-quvvatlaymiz. 2025 yilda jami 4,5 mlrd funt yordam yo‘naltiramiz. Bugunning o‘zida 350 mln funtlik yordam haqida e’lon qilmoqchiman", dedi Xili.

Ushbu yordam paketi tarkibiga radar tizimlari, yuz minglab dronlar kiradi.

Bundan tashqari, Britaniya Kiyev tomonidan harbiy texnikalarni ta’mirlash va mudofaa qobiliyatini saqlab qolish uchun 150 million funtni yo‘naltiradi.

Kiritildi: 03:31 12.04.2025. O'qildi: 1124 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!