Buyuk Britaniya qog‘oz va plastik hujjatlar o‘rniga to‘liq raqamli immigrasiya tizimiga (eVisa) o‘tdi. Bu haqda hukumat portalida ma’lum qilindi.
Buyuk Britaniya immigrasiya boshqarmasi (UKVI) endi ariza beruvchilarning pasportlariga viza stikerlarini yopishtirmaydi. Endi barcha yangi vizalar elektron viza (eVisa) shaklida rasmiylashtiriladi. Mazkur tizim 2018 yildan beri ishlab kelmoqda va undan millionlab odamlar foydalangan.
Elektron vizalarning afzalliklari sifatida ularning xavfsizligi (yo‘qotib qo‘yish, o‘g‘irlash yoki qalbakilashtirish mumkin emasligi), shuningdek, chegarada, ish beruvchilar va uy ijaraga beruvchilar oldida viza statusini tasdiqlashning tez hamda qulayligi ko‘rsatilgan.