Bugun 16 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Buyuk Britaniya Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy qildi

Buyuk Britaniya Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy qildi

Ro‘yxatga 40 dan ortiq jismoniy va kompaniyalar kiritilgan.

Buyuk Britaniya chorshanba kuni Rossiyaning harbiy ta’minot zanjiriga aloqador bo‘lgan turli mamlakatlardan 46 nafar shaxs va guruhlarga nisbatan sanksiyalar joriy etishini e’lon qildi, deb xabar berdi «Amerika Ovozi». Xitoy, Turkiya, Serbiya va O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi tashkilotlarga cheklovlar qo‘yildi.

Britaniya cheklovlar ro‘yxatiga 30 dan ortiq kishi kiritilgan. Ular dron va raketa qismlarini ishlab chiqish va ishlab chiqarish, elektron komponentlarni import qilish bilan bog‘liq.

Shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan, Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya nefti savdosi bilan shug‘ullanuvchi 4 ta tashkilotga nisbatan sanksiyalar joriy etilgan.

Kiritildi: 23:55 06.12.2023. O'qildi: 1120 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!