Jon Hili mamlakat mudofaa ehtiyojlari uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratish bo‘yicha hukumat bilan kelishmovchiliklar sabab lavozimidan iste’foga chiqqanini ma’lum qildi.
Vazir o‘z qarorini Kir Starmerga yo‘llagan maktubida izohlab, mamlakat mudofaa salohiyatini saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslar taqdim etilmayotganini ta’kidladi.
“Zamon talablariga javob beradigan mudofaa investisiyalari rejasisiz men qurolli kuchlar tayyorgarligini pasaytiradigan, harbiylar uchun xavfni oshiradigan va mamlakat xavfsizligini zaiflashtiradigan qarorlar qabul qilishga majburman”, — deb yozdi Hili.
Uning fikricha, Buyuk Britaniya tobora murakkablashib borayotgan xavfsizlik muhitiga duch kelmoqda. Vazir bunga Rossiya—Ukraina urushi, NATO oldidagi majburiyatlar, Yaqin Sharqdagi keskinlik va global beqarorlikning kuchayishini misol qilib keltirgan.
Hili, shuningdek, Reychel Rivzni mudofaa xarajatlarini yetarli darajada oshirishni istamayotganlikda tanqid qildi. U bosh vazir Kir Starmerni ham bu masalada qat’iyatsizlikda aybladi.
Mudofaa vazirining iste’fosi mamlakatda mudofaa byudjeti va milliy xavfsizlik masalalari atrofidagi bahslar yanada kuchayishiga sabab bo‘lishi mumkin.