Buyuk Britaniya qamoqxonalardagi joy tanqisligini kamaytirish maqsadida minglab mahbuslarni muddatidan avval ozod qilishni rejalashtirmoqda.
Politico ma’lumotiga ko‘ra, ushbu reja Yevropa Ittifoqining ayrim davlatlarida xavotir uyg‘otgan. Xususan, ular o‘z fuqarolari Britaniyadan oldindan ogohlantirishsiz deportasiya qilinishi mumkinligidan tashvishda.
«Jinoyat sodir etgan shaxslarni hech qanday oldindan ma’lumot bermasdan qaytarish juda xavfli», — dedi YEI diplomatlaridan biri.
Nashrning qayd etishicha, bu masala Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarni qayta yo‘lga qo‘yish jarayonida navbatdagi murakkablikka aylanishi mumkin.