Bugun 4 iyul, 2024 yil, payshanba

КИР

Buyuk Britaniya Isroilga qurol sotishni to‘xtatishi mumkin

Buyuk Britaniya Isroilga qurol sotishni to‘xtatishi mumkin

Muxolifatdagi Leyboristlar partiyasi, agar Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tadigan umumiy saylovlarda g‘alaba qozonsa, Isroil va Saudiya Arabistoniga qurol sotishni to‘xtatadi.

Bu haqda Britaniya sobiq tashqi ishlar vaziri va parlamentga qayta saylanish uchun nomzod Fabian Gamilton aytib o‘tdi.

“Qurol savdosi masalasida kelasi hafta saylovlarda g‘alaba qozonsak, Isroilga qurol sotishni darhol to‘xtatamiz”, — dedi siyosatchi.

Gamiltonning qo‘shimcha qilishicha, leyboristlar Britaniyaning eng yirik mijozi Saudiya Arabistoniga qurol sotishni ham to‘xtatadi.

Bundan oldin Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron London Isroilga qurol sotish uchun eksport lisenziyalarini berishni to‘xtatmoqchi emasligini ma’lum qilgan edi.

Kiritildi: 09:56 30.06.2024. O'qildi: 420 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!