Bugun 13 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Buyuk Britaniya AQShni yana rad etdi

Buyuk Britaniya AQShni yana rad etdi

Buyuk Britaniya AQSh tomonidan e’lon qilingan Ho‘rmuz bo‘g‘ozining blokadasida ishtirok etmasligini ma’lum qildi, deb yozmoqda Sky News.

Buyuk Britaniya hukumati vakiliga ko‘ra, London dengiz qatnovi erkinligini qo‘llab-quvvatlaydi va Ho‘rmuz bo‘g‘ozining ochiq bo‘lishi jahon iqtisodiyoti barqarorligi hamda mamlakatda yashash xarajatlarini pasaytirish uchun muhim deb hisoblaydi. Shuningdek, u bo‘g‘ozdan o‘tish uchun to‘lov joriy etilishini ham qabul qilib bo‘lmas chora sifatida baholagan.

Sky News manbasiga ko‘ra, Buyuk Britaniya Fransiya va boshqa hamkorlar bilan birgalikda dengiz qatnovi erkinligini himoya qilish bo‘yicha keng koalisiya tuzish ustida ishlamoqda.

Kiritildi: Bugun 13:25. O'qildi: 581 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!