Buyuk Britaniya AQShga Eronga zarbalar berishda o‘z bazalaridan foydalanishga ruxsat bermadi, deb yozmoqda The Times.
"Gap Angliyaning Glostershir grafligidagi Ferfordda joylashgan Qirollik harbiy-havo kuchlari bazasi hamda Hind okeanidagi Diyego-Garsiya orolidagi baza haqida bormoqda. London Vashingtonning Eron bo‘yicha zarbasi “xalqaro huquqning buzilishi” holati bo‘lishi mumkinligi haqidagi xavotirlar sababli ushbu ob’ektlardan foydalanishga hali ruxsat bermagan", deya xabar bermoqda nashr.
The Times ma’lumotlariga ko‘ra, Oq uy Eron bo‘yicha zarba berishda ushbu bazalardan foydalanish nazarda tutilgan rejani ishlab chiqmoqda.