Buxoro viloyatiga xos bo‘lgan «Sofi oshi» milliy taomi geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Qayd etilishicha, ushbu maqom «Sofi oshi» nomi va uning an’anaviy tayyorlash texnologiyasini huquqiy jihatdan muhofaza qiladi, taomning sifati va haqiqiyligini kafolatlaydi hamda Buxoro viloyatining boy gastronomik merosini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun, geografik ko‘rsatkich – mahsulotning muayyan hududga xosligi va uning o‘ziga xos sifati aynan shu hudud bilan uzviy bog‘liqligini tasdiqlovchi intellektual mulk ob’ekti hisoblanadi.