Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Buxoroning 3 ta tumani hokimlari o‘zgardi

Buxoroning 3 ta tumani hokimlari o‘zgardi

Xalq deputatlari PeshkuJondor va Buxoro tumanlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Peshkudagi sessiyada Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i Vahob Qahhorov tuman hokimi etib tasdiqlandi.

Buxoroning 3 ta tumani hokimlari o‘zgardi

Vahob Qahhorov.

Foto: O‘zA

Tumanning sobiq hokimi Amrullo Nazarov viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlanganligi sababli Peshku tumani hokimi vazifasidan ozod etildi.

Jondordagi sessiyada viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari San’atillo Hikmatov tuman hokimi etib tasdiqlandi.

Buxoroning 3 ta tumani hokimlari o‘zgardi

San’atillo Hikmatov.

Foto: O‘zA

Tumanning sobiq hokimi Kamol Kamolov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Buxoro tumanidagi sessiyada «G‘ijduvon EIZ» rahbari vazifasida ishlab kelgan Xayrullo Jo‘rayev tuman hokimi etib tasdiqlandi.

Buxoroning 3 ta tumani hokimlari o‘zgardi

Xayrullo Jo‘rayev.

Foto: O‘zA

Tumanning sobiq hokimi Qahramon Do‘stov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Kiritildi: 16:02 03.12.2020. O'qildi: 2939 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!