Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Buxorolik erkak sinfdoshining uyiga bostirib kirib, uning rafiqasiga tajovuz qildi

Buxorolik erkak sinfdoshining uyiga bostirib kirib, uning rafiqasiga tajovuz qildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Romitan tuman sudining ochiq sud majlisida, sudlanuvchi SH.Yaxshiyevga nisbatan jinoyat ishi ko‘rilib, unga nisbatan tegishli hukm va jazo tayinlandi.

Ish holatiga ko‘ra sudlanuvchi SH.Yaxshiyev qasddan jinoyat sodir qilish yo‘liga o‘tib, uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, badanga yengil tan jarohati yetkazgan holda bosqinchilik jinoyatini sodir qilgan.

Chunonchi, u tekin daromad orttirish maqsadida Qorako‘l tumanidagi “Sher saxiy” bozorida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi sinfdoshi Tillayev Alisher Hasan o‘g‘lining mol-mulklarini talon-toroj qilishni rejalashtiradi. U 2019 yilning 30 yanvar kuni soat 10:00larda sodir qilishini maqsad qilgan jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Qorako‘l tumani “Regi haydar” mahallasi “O‘rikzor” ko‘chasida joylashgan sinfdoshi A.Tillayevning ko‘chasiga borib, kunning aynan shu vaqtidagi ko‘cha va xonadonlardagi vaziyatni o‘rganadi. Yaxshiyev ko‘chada bo‘lgan voyaga yetmagan bolalardan A.Tillayevning xonadonida kunduz kuni uning turmush o‘rtog‘idan tashqari boshqa biror-bir shaxs bo‘lmasligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olib, shu kuni Qorako‘l tuman dehqon bozoridan jinoyat sodir qilishida foydalanishi uchun bir juft qora rangli ishchi qo‘lqoplarini sotib oladi. Keyin, 2019 yil 1 fevral kuni soat taxminan 11:00larda rejalashtirgan va puxta tayyorgarlik ko‘rgan jinoyatini reja asosida ijro etishga kirishib, qasddan jinoyat sodir qilish yo‘liga o‘tib, Qorako‘l tumani “Regi Haydar” mahallasi “O‘rikzor” ko‘chasida joylashgan sinfdoshi A.Tillayevning uyi oldida bo‘lgan temir ustun (havoza) orqali uning darichasi ustiga chiqib, A.Tillayevning xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kiradi. So‘ng xonadonda A.Tillayevning turmush o‘rtog‘i fuqaro Saxatova Zamira Qahramonovna borligini bilgan holda, shaxsini yashirish maqsadida yashash xonadonidagi milliy sandiq ustida bo‘lgan, oq rangli ayollar ro‘molidan o‘zi uchun niqob sifatida foydalanishga yetarli matoni qirqib olib, mazkur mato bilan yuz qismini yopib, niqoblanadi, hodisa sodir bo‘lgan joyda barmoq izlarini qoldirmaslik maqsadida qo‘lqop kiyib, uy ishlari bilan mashg‘ul bo‘lgan Z.Saxatovaga qo‘qqisdan hujum qiladi. Ayolning hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, xonadon oshxonasida bo‘lgan, shaxsning sog‘lig‘i uchun amalda shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan qurollanib, pichoqni Z.Saxatovaning bel sohasiga o‘qtalgan holda uni qo‘llash va o‘ldirish bilan qo‘rqitadi. So‘ng oyog‘i bilan uning yelka orqa qismidan qasddan tepib, tan jarohati yetkazib, pul va boshqa qimmatbaho buyumlarni chiqarib berishini talab qiladi. Tovlamachi Z.Saxatovaning 1 dona bahosi 200.000 so‘m bo‘lgan “Artel” rusumli telefon uskunasini, qo‘li va qulog‘ida bo‘lgan 1 dona bahosi 1.000.000 so‘m bo‘lan ayollar tilla sirg‘asi, 1 dona bahosi 800.000 so‘m bo‘lgan ayollar tilla uzugini yechib olib, yotoqxonadagi javonda turgan 1 dona bahosi 1.500.000 so‘m ayollar tilla zanjirini, 1 dona bahosi 500.000 so‘m bo‘lgan ayollar tilla bilakuzugi, 1 dona bahosi 1.000.000 so‘m bo‘lgan pushti ko‘zli ayollar tilla uzugini, 1 dona bahosi 1.000.000 so‘m bo‘lgan qizil ko‘zli ayollar tilla uzugini, 1 dona bahosi 300.000 so‘m bo‘lgan oq ko‘zli ayollar tilla sirg‘asini talon-toroj qilib, Z.Saxatovaga jami bo‘lib 6.300.000 so‘m moddiy zarar yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.

Sud majlisida sudlanuvchi SH.Yaxshiyevga jazo tayinlash masalasini muhokama qilib, u tomonidan sodir qilingan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, jinoyat sodir qilish sharoiti va sabablarini, uning shaxsini, aybiga to‘liq iqrorligini, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymondaligini, muqaddam sudlanganligini, jabrlanuvchining da’vosini hamda jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi boshqa holatlarni inobatga olib, SH.Yaxshiyevga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 14:10 28.05.2019. O'qildi: 4534 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!