Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Buxorolik ayol koronavirus qurboni bo‘ldi

Buxorolik ayol koronavirus qurboni bo‘ldi

Buxoro viloyati Buxoro shahrida yashagan 68 yoshli M.M. (ayol)da joriy yil 11 iyul kunidan tana harorati ko‘tarilgan va uy sharoitida davolangan. 17 iyul kuni esa og‘ir ahvolda shifoxonaga olib kelinib, reanimasiya bo‘limiga yotqizilgan. 

Unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. 

Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi asorati bilan kechgan. Shuningdek, bemor qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan. 

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 09:44 30.07.2020. O'qildi: 2652 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!