Buxoro shahridagi «Karvon» bozorida 3 oktyabr kuni soat 21:49 da yong‘in sodir bo‘lgan.
Qutqaruvchilarning qariyb 2,5 soatlik harakatlari natijasida yong‘in 23:45 da qurshab olingan. 4 oktyabr soat 00:12 da to‘liq bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar va tan jarohati olganlar yo‘q.