Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Buxoroda yosh qiz va kelinchak o‘z joniga qasd qildi

Buxoroda yosh qiz va kelinchak o‘z joniga qasd qildi

Buxoro viloyati, Peshku tumanida yosh qiz va kelinchak o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov Aniq.uz ga ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko‘ra, 2023 yil 01 yanvar kuni soat 07:40larda Peshku tumani “Hurram” MFY, Kate qishlog‘ida yashovchi 1998 tug‘ilgan Rajabova Sayyora Sayfulloyevnaning yashash uyi molxonasining shiftida oq rangli sintetik matodan to‘qilgan arqon bilan sirtmoq yasab, o‘zini osishi natijasida vafot etgan.

Holat yuzasidan S.Rajabovaning yaqin qarindoshlaridan tushuntirishlar olinganida, muqaddam biron-marotoba o‘z joniga suiiqasd qilmaganligini, 31.12.2022 yil uyida bo‘lganligini, nima sababdan osganligini hech kim bilmasligini, uning o‘z joniga qasd qilganligi holati yuzasidan biron-bir shaxsga da’vo e’tirozlari yo‘qligini bayon qilgan.

Mazkur holat yuzasidan S.Rajabovaning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlanib, Peshku tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

2022 yil 30 dekabr kuni soat 15:18larda Peshku tumani “Peshku” MFY, “Peshku” qishlog‘ida yashovchi 2001 yil 12 aprelda tug‘ilgan Murodova Dilnoza O‘tkir qizining yashash uyida sintetik matodan to‘qilgan arqon bilan sirtmoq yasab, o‘zini osishi natijasida vafot etgan.

Holat yuzasidan D.Murodovaning yaqin qarindoshlaridan tushuntirishlar olinganida, muqaddam biron-marotoba o‘z joniga suiiqasd qilmaganligini, 30.12.2022 yil uyida bo‘lganligini, nima sababdan osganligini hech kim bilmasligini, uning o‘z joniga qasd qilganligi holati yuzasidan biron-bir shaxsga da’vo e’tirozlari yo‘qligini bayon qilgan.

Mazkur holat yuzasidan D.Murodovaning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlanib, Peshku tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:46 05.01.2023. O'qildi: 5831 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!