Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Buxoroda xotinini rashk qilgan erkak otasini 19 marotaba pichoqladi

Buxoroda xotinini rashk qilgan erkak otasini 19 marotaba pichoqladi

1978 yilda tug‘ilgan I.B. keksa otasidan xotinini noo‘rin rashk qilib, uni 19 marotaba pichoqlab o‘ldirgan. Qotillik 2019 yilning 3 aprel kuni sodir bo‘lgan. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tuman sudi raisi Jalol Sadirov «Daryo»ga ma’lum qildi.

Qorako‘l tumanining Quyi-Janapar qishlog‘i fuqarosi I.B. turmush o‘rtog‘i I.I.ni keksa otasi CH.B.dan rashk qilib, u bilan muntazam ravishda tortishib kelgan.

Qotillik sodir bo‘lishidan bir necha kun oldin o‘g‘il hovlidagi oshxona va darvozaxonani buzib, uni qayta qurish masalasida janjal chiqargan. Kunora bo‘ladigan janjalu to‘polonlardan bezigan keksa ota o‘g‘lining aqli norasoligini bilgani uchun ham u bilan tortishishni ep ko‘rmay, o‘z yotoqxonasiga kirgan. Xuddi shu vaqtda o‘g‘il oshxona pichog‘ini olib, otasini qasddan o‘ldirish orqali undan go‘yo o‘ch olishni maqsad qilib, yotoqxonaga bostirib kelgan. Otasining qorin old devori chap tomoni, kindigi atrofi, tanasining orqa tomoni va qo‘llariga 19 marotaba pichoq bilan urgan. Keksa ota hodisa sodir bo‘lgan joyning o‘zida vafot etgan.

Qotil o‘g‘ilga 4 aprel kuni ehtiyot chorasi tariqasida «qamoqqa olish» qo‘llanilgan.

Dastlabki tergov jarayonida I.B. ilgari bir necha bor ruhiy kasalliklar shifoxonasida davolanib chiqqanligi va ruhiy kasal sifatida hisobda turganligi aniqlanib, sud ajrimiga ko‘ra, unga nisbatan stasionar sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlangan.

Samarqand viloyat ruhiy kasalliklar shifoxonasining 41-sonli ekspert komissiyasi xulosasiga ko‘ra, I.B. ijtimoiy xavfli qilmishni paranoid ko‘rinishidagi shizofreniya kasalligi sababli sodir etgan. Uni Respublika kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirish tavsiya qilingan. Shu sababli unga nisbatan qo‘llanilgan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi bekor qilingan, ya’ni aqli noraso shaxsga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008 yil 12 dekabr kunidagi «Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida»gi qarorining 6-bandiga ko‘ra, aqli noraso holatda ijtimoiy xavfli qilmishi sodir etgan shaxsga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari tayinlanganida jinoyat ishi jinoyat belgilari tarkibiga kiruvchi element sub’ekt yo‘qligi tufayli tugatilishi (JPKning 83-moddasi ikkinchi bandi) tushuntirilgan.

Ajrim nusxasi O‘zbekiston Respublikasi IIV JIEBBga qarashli 1-son tergov hibsxonasi boshlig‘iga, Buxoro viloyat IIB 4-sonli tergov hibsxonasi boshlig‘iga va Respublika kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasi bosh vrachiga ijro qilish uchun yuborilgan.

Ma’lumot uchun: Aqli noraso qotil muqaddam sudlanmagan, «Buxoro temiryo‘l masofasi» unitar korxonasida ishchi bo‘lib ishlagan.

Kiritildi: 17:53 13.07.2019. O'qildi: 4194 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!