Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Buxoroda sobiq talaba jinoyatga qo‘l urdi

Buxoroda sobiq talaba jinoyatga qo‘l urdi

Shofirkon tumanida yashovchi 20 yoshli T.X dars soatlarini sababsiz qoldirganligi uchun 2019 yil 10 dekabr kuni Buxoro muhandislik-texnologiya instituti talabalari safidan chetlashtirilgan. Talabalar safiga qayta tiklash maqsadida biror-bir kasallikka chalinmagan bo‘lsada, 2019 yil 20 noyabr kuni tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli qishloq oilaviy poliklinikasi mudiri B.A bilan jinoiy til biriktirib, virusli gepatit “A” va “yuqori nafas yo‘llari o‘tkir kasalligi”ga chalinganligi to‘g‘risidagi 348, 364-sonli soxta ma’lumotnomalarni olishga erishib, ushbu soxta ma’lumotnomalarni Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga taqdim etib, hujjatlarni soxtalashtirish va ulardan foydalanish jinoyatlarini sodir qilgan.
Mazkur holat yuzasidan T.X va B.A.larga nisbatan.JKning 228-moddasi 2-qismi “b” bandi va 228-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 10:25 13.03.2020. O'qildi: 2011 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!