Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Buxoroda quruvchi niqobi ostidagi firibgar paydo bo‘ldi

Buxoroda quruvchi niqobi ostidagi firibgar paydo bo‘ldi

Buxoro. 45 yoshli J.S., Romitan tumanida yashovchi, 32 yoshli E.E.,ning ishonchiga kirib, unga quruvchilik faoliyati bilan shug‘ullanishini, Buxoro shahri hududida ko‘p qavatli uylar qurayotganligini aytib, undan 2019 yilning iyun oyidan avgust oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, Romitan tumanida joylashgan E.E.,ga tegishli savdo do‘koniga kelib, jami 182.500.000 so‘mlik metall mahsulotlarini olib, ushbu metall mahsulotlarni pulini bermasdan, boshqa shaxslarga sotib, pullarni o‘zining ehtiyojlariga ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. J.S., shu modda bilan ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Kiritildi: 13:25 27.03.2020. O'qildi: 2572 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!