Romitan tuman Tarnaut mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Arablar qishlog‘ida istiqomad qiluvchi fuqaro Amrillo Hakimov foydalanilgan Elektr energiyasi sarfi uchun elektr to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirib borishiga qaramasdan, tuman Elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan xonadonga nisbatan 100 000 so‘m asossiz noreal qarzdorlik chiqariladi. Bu haqda Romitan tuman IHHQ jamiyati UZ24’ga ma’lum qildi.
Iste’molchi Romitan tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga ariza bilan murojaat qiladi.
Iste’molchining mazkur arizasi jamiyat mutaxassislari hamda Romitan tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari bilan birgalikda o‘rganilganda Amrillo Hakimovning 100 000 so‘m to‘lovining o‘rniga 10 000 so‘mlik kvitansiya yozib berilganligi aniqlandi.
Qolgan 90 000 so‘mlik to‘lov kvitansiyasi Amrillo Hakimovning elektr hisob raqamiga o‘tkazib berildi. Iste’molchiga yuklatilgan qarzdorliklar asossiz deb topildi.