Buxoro viloyatida belgilanmagan joyga chiqindi tashlash bilan bog‘liq navbatdagi holatlar aniqlandi. Huquqbuzarliklar Ekologiya vazirligining Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan o‘rnatilgan onlayn kuzatuv kameralariga muhrlandi.
Xususan, Buxoro shahar «H.Olimjon» MFYda fuqarolar B. I., U.Y., D.K., S.A. va V.N.lar tomonidan belgilanmagan joyga chiqindi tashlangan. Natijada ularga nisbatan MJtKning 91prim 1-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Har bir huquqbuzarga BHMning 1 barobari — 340 ming so‘mdan jarima belgilandi.
Ma’lumot uchun, onlayn kuzatuv kameralari nafaqat belgilanmagan joyga chiqindi tashlash, balki boshqa turdagi ekologik huquqbuzarliklarni ham aniqlab, bartaraf etishga imkon beradi.