Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Buxoroda kuyov qayni ukasini pichoqlab qo‘ydi

A A A
Buxoroda kuyov qayni ukasini pichoqlab qo‘ydi

Buxoro viloyati Vobkent tumanida yashovchi fuqaro spirtli ichimliklar iste’mol qilib, qayni ukasini pichoqlab qo‘ydi. Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 5 yanvar kuni soat taxminan 22:00 da Vobkent tumani “Quruvchi” mahallasida yashovchi P.A. spirtli ichimlikdan mast bo‘lib, qayni ukasi bilan oilaviy kelishmovchilik sababli janjallashib qolgan.

Yuzaga kelgan janjal vaqtida qo‘lidagi oshxona pichog‘i bilan qayni ukasining chap yelka qismiga qasddan bir marta urib, hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir shikast yetkazgan.

Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan P.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 21:39 09.01.2023. O'qildi: 4293 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!