Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Buxoroda Koreyaga ishga yuboraman deb 5 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

Buxoroda Koreyaga ishga yuboraman deb 5 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

Buxoroda Koreyaga ishga yuborishini aytib, fuqarodan 5 ming AQSh dollar talab qilgan shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda «Postda» xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda I.O. ismli shaxs H.ning ishonchiga kirib, uni vakolatli tanishlari orqali davlat tomonidan ajratilgan kvotalar asosida Koreyaga ishlash uchun yuborishni va’da qilgani ma’lum bo‘lgan. Buning evaziga 5000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olayogan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro I.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28-moddasi (Jinoyat ishtirokchilarining turlari), 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda

Kiritildi: 11:15 14.06.2021. O'qildi: 1169 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!