Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Buxoroda jinoyatchilarga hukm chiqarildi

Buxoroda jinoyatchilarga hukm chiqarildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar ochiq sud majlisida N. Sharopov raisligida P.Dj.T. va A.Z.S.ga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqilib tegishlicha jazo tayinlandi.

Ish holatiga ko‘ra sudlanuvchi P.Dj.T., 2012 yil 18 iyuldan shu kunga qadar “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi Buxoro mintaqaviy inspeksiyasida bosh mutaxassis lavozimida ishlab kelib, 2019 yil 28 yanvarda “avtokran mashinisti” o‘quv yo‘nalishi bo‘yicha o‘qib, guvohnoma olishi uchun yordam so‘rab kelgan fuqaro I.N.E.ga vakolatli tanishlari orqali tez kunda “avtokran mashinisti” o‘quv yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim muassasasini tamomlaganligi haqida guvohnoma olib berishni va’da qilgan holda evaziga 300.000 so‘m pul berishni talab qilib, shuningdek, inspeksiyada ishlovchi vakolatli tanishlari orqali komissiya imtixonidan ham o‘tkazib berishni va’da qilib, ishonchini suiiste’mol qilib, mazkur ishi uchun qo‘shimcha ravishda pora tariqasida 200.000 so‘m pullarni berishga dalolat qilib, o‘zining jinoiy maqsadini amalga oshirish uchun tanishi “Tadqiqot nazorat ta’lim” nodavlat ta’lim muassasasi rahbari Z.A. orqali fuqaro N.I.ning nomiga “avtokran mashinisti” o‘quv yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim muassasasini tamomlaganligi to‘g‘risida guvohnomani soxtalashtirib olishni va guvohnomaga “Sanoatgeokontexnazorat” DIning imtixondan o‘tganligi haqida mas’ul xodimga imzolatishni rejalashtirib, A.Z.S.ni moddiy manfaatdor qilish evaziga rasmiy hujjat hisoblangan guvohnomani qalbakilashtirishda jinoiy til biriktirib, 2019 yil 28 yanvar kuni soat 16:00 larda “Tadqiqot nazorat ta’lim” NTM binosi oldida, qonunga xilof ekanligini bila turib, fuqaro N.I.dan olgan 3x4 sm. hajmdagi fotosurati va fuqarolik pasporti nusxasi hamda o‘ziga tegishli 250.000 so‘m pullarni Z.A.ga pora tariqasida berib, undan avtokran boshqarish huquqini beruvchi “Tadqiqot nazorat ta’lim” NTM ning aylana muhri va rahbarnint imzosi bilan tasdiqlangan “avtokran mashinisti” o‘quv yo‘nalishi bo‘yicha №890-sonli qalbaki guvohnoma tayyorlab olinishiga erishib, guvohnomaning tegishli grafasiga yuk ko‘tarish qurilmalari bo‘yicha imtixondan o‘tkazuvchi davlat tashkiloti hisoblangan “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasining mas’ul xodimiga imzo va shtampni qo‘ydirib, nodavlat tashkiloti mansabdor shaxsiga pora berish va hujjatni qalbakilashtirish jinoyatlarini sodir qilgan.

Sudlanuvchi P.Dj.T. sud majlisida, aybiga qisman iqrorlik bildirib, qilmishidan pushaymonligini, oilaviy sharoitini inobatga olib, qonuniy yengillik berishni bildirib ko‘rsatuv berdi.

Sudlanuvchi A.Z.S. sud majlisida, aybiga to‘liq iqrorlik bildirib, dastlabki tergovdagi bergan ko‘rsatuvlarini to‘liq tasdiqlashini,  2015 yilning dekabr oyidan buyon Buxoro shahridagi “Tadqiqot nazorat ta’lim” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari vazifasida ishlab kelishini, xizmat vazifalariga muassasada tahsil olgan o‘quvchilarga o‘quv guvohnomalari berish kirishini, 2019 yil 28 yanvarda Dj.P. uning oldiga kelib, I.N. ismli tanishiga “avtokran mashinisti” yo‘nalishi bo‘yicha guvohnoma kerakligini aytib, tanishi bo‘lgan I.N. ismli fuqaroga guvohnoma tayyorlab berishini iltimos qilganligini, u rozi bo‘lib, I.N.ning 3x4 xajmli fotosurati, pasport nusxasini hamda guvohnomani tayyorlab berishi evaziga 250.000 so‘m pullarni berishini bildirganligini, Dj.P. fotosurat va 250.000 so‘m pullarni berganligini, shundan so‘ng u fuqaro N.I.“Tadqiqot nazorat ta’lim” NTMda o‘qimagan bo‘lsada, guyoki “yuk ko‘tarish qurilmasi mashinisti” yo‘nalishi bo‘yicha taxsil olganligi to‘g‘risidagi 19.11.2018 yildagi 890-sonli soxta guvohnomani va ogohlantiruv talonini tayyorlaganligini va muassasaning muhrini bosib, imzo qo‘yganligini, guvohnomani tayyorlab, B.YU.ga berganligini, 2018 yil 29 yanvar kuni ishxonasiga viloyat Departamenti xodimlari kelishganliklarini, Departament xodimlari bilan birga Departament binosiga kelganidan keyin u Dj.P.ga fuqaro N.I.ning nomiga NTMda tahsil olganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va ogohlantiruv taloni tayyorlab berganidan keyin Dj.P. 500 ming so‘m pullarni N.I.dan olgan vaqtda jinoyat ustida ushlanganligi haqida xabar topganligini, shundan so‘ng, bo‘lib o‘tgan holatni aytib berib, tushuntirish xati yozganligini va guvohnoma va ogohlantiruv talonini rasmiylashtirib berishi evaziga Dj.P.dan olgan 250 ming so‘m pullarni IJQK Departamenti shahar bo‘limi xodimlariga taqdim qilganligini, tezkor xodimlar undan pullarni xolislar ishtirokida dalolatnoma orqali rasmiylashtirib olganliklarini, o‘quv muassasasida “avtokran mashinisti” o‘quv yo‘nalishi mavjud emasligini, shu sababli o‘quv muassasasi ushbu yo‘nalish bo‘yicha guvohnoma berish vakolatiga ega emasligini, u N.I. nomiga tayyorlab berilgan 890-sonli soxta guvohnomadagi “Inspektor Sonoatgeokontexnazorat” grafasida imzosi ochiq holda B.YU.ning xizmat xonasida qoldirib, B.YU.ga guvohnomani Dj.P. undan olishini bildirganligini, guvohnomadagi “O‘quv muassasasi direktori” va “imtixon komissiyasi raisi” grafasiga o‘zi ikki xil ko‘rinishda imzo qo‘yganligini, guvohnoma va ogohlantiruv talonidagi “Sanoatgeokontexnazorat”ning “21” ilovadagi shtampini aynan kim qo‘yganligini bilmasligini, u I.D., J.H., J.R.larni tanimasligini, faqatgina o‘zini pishiq g‘isht zavod rahbari J.H. deb tanishtirgan shaxs 2017 yil oxirlarida uni oldiga kelib, o‘zining va yana ikki nafar ishchilari, ya’ni I.D., J.R.larning fuqarolik pasportlari nusxalarini va 3x4 hajmli rasmlarini NTMda o‘qishga kirish uchun berganligini, u faqatgina o‘shanda bir marotaba H.J. ismli fuqaroni ko‘rib gaplashganligini, D.I. va R.J. ismli shaxslarni esa umuman ko‘rmaganligini va gaplashmaganligini, 2019 yilning yanvar oyida u H.J., R.J., D.I.larning 3x4 rasmlari xonasida turganligini ko‘rib, xizmat xonasidagi shkaf ichida turgan 3 ta bo‘sh guvohnoma kitobchalarini olib, guvohnomalarning chap tomon chetiga H.J., R.J., D.I.larning rasmlarini yelim bilan yopishtirib chiqqanligini, so‘ng ularning qaysi biriga qanaqa yo‘nalish kerak bo‘lsa, shu yo‘nalishda o‘qiganliklarini bildirib o‘zi yozib chiqqanligini, so‘ng har bir guvohnomaning komissiya raisi va muassasaning rahbari grafalariga o‘zi ikki xil imzo qo‘yib, “Tadqiqot nazorat ta’lim” NTMning aylana muhrini bosganligini, tayyor bo‘lgan 3 ta guvohnomani Dj.P.ning ishxonasiga olib borib, Dj.P. uni oldiga yuborgan pishiq g‘isht zavodi rahbari H.J. ismli shaxs “Tadqiqot nazorat ta’lim” notijorat ta’lim muassasasi xisob raqamiga 3 nafar shaxs uchun o‘qish pullarini ko‘chirib berishni va’da qilib, to‘lamasdan yurganligi haqida aytganligini va Dj.P.dan X.J.ni chaqirib, aytilgan pullarni uning korxonasi hisob raqamiga ko‘chiritirib berishida amaliy yordam berishini so‘raganligini, Dj.P. unga H.J.ni topishga harakat qilishini va agar topsa pullarni ko‘chirtirib berish masalasida aytishini bildirganligini, Dj.P.ga guvohnomalar soxtaligini bildirmaganligini, qilmishidan pushaymonligini, oilaviy sharoiti og‘irligini, turmush o‘rtog‘i kasalligini, qonuniy yengillik berishni bildirib ko‘rsatuv berdi.

Sud, dastlabki tergov organi tomonidan sudlanuvchi sudlanuvchi P.Dj.T.ning jinoiy harakatlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasi 3-qismining “v” bandi, 28,211-moddasining 1-qismi, 1929-moddasining 1-qismi, 228-moddasi 2-qismining “b” bandi bilan to‘g‘ri kvalifikasiya qilingan deb hisoblaydi.

Sud, dastlabki tergov organi tomonidan sudlanuvchi A.Z.S.ning jinoiy harakatlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 1929-moddasining 2-qismi, 228-moddasi 2-qismining “a,b” bandlari bilan to‘g‘ri kvalifikasiya qilingan deb hisoblaydi.

Sud sudlanuvchi P.Dj.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasi 3-qismining “v” bandi bilan ish haqining 20 (yigirma) foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolish sharti bilan 2 (ikki) yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanlab, O‘zbekiston Respublikasi JKning 45-moddasiga asosan 1 (bir) yil muddatga moddiy javobgarlik va mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan maxrum qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 28,211-moddasining 1-qismi bilan JKning 57-moddasini qo‘llab, ish haqining 20 (yigirma) foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolish sharti bilan 2 (ikki) yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 1929-moddasining 1-qismi bilan ish haqining 20 (yigirma) foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolish sharti bilan 1 (bir) yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 228-moddasi 2-qismining “b” bandi bilan ish haqining 20 (yigirma) foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolish sharti bilan 2 (ikki) yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasiga asosan tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil P.Dj.T.ga           1 (bir) yil muddatga moddiy javobgarlik va mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan maxrum qilib, ish haqining 20 (yigirma) foizini davlat daromadiga undirish sharti bilan 2 (ikki) yil 6 (olti) oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

A.Z.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 1929-moddasining 2-qismi bilan ish haqining 20 (yigirma) foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolish sharti bilan 1 (bir) yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 228-moddasi 2-qismining “a,b” bandlari bilan ish haqining 20 (yigirma) foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolish sharti bilan 2 (ikki) yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasiga asosan tayinlangan yengilroq jazoni og‘irrog‘i bilan qoplash yo‘li bilan uzil-kesil A.Z.S.ga ish haqining 20 (yigirma) foizini davlat daromadiga undirish sharti bilan 2 (ikki) yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

N.Sharopov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi raisi  

Kiritildi: 18:04 06.07.2019. O'qildi: 1860 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!