Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Buxoroda bozor yondi. Rasmiy axborot

Buxoroda bozor yondi. Rasmiy axborot

Buxoro shahrida markaziy dehqon bozorida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YOXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi tomonidan rasmiy ma’lumot berildi.

2019 yil 5 iyul kuni soat 06 dan 00 daqiqa o‘tkanda Buxoro shahar Ibn Sino ko‘chasidagi markaziy dehqon bozori hududidagi savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida Buxoro viloyati YOXB Kuch va vositalarini boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga xabar kelib tushgan.

Xabar asosida birinchi bo‘linmalar soat 06:05 da voqea joyiga yetib borganida savdo do‘konlarining tom qismidan quyuq tutun alarash alanga chiqib yonayotganligi ma’lum bo‘lgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 06-12da qurshab olinib, 07-00da batamom o‘chirilgan. Yong‘inga jami 4 ta yong‘in o‘chirish avtoekipajlari jalb etilgan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.

Yong‘in oqibatida tadbirkorlarga tegishli bo‘lgan savdo do‘konlarining 60 kv.metr maydonida tom qurilish konstruksiyalari va ichida bo‘lgan savdo mahsulotlari qisman yonib zararlangan. Amalga oshirilgan tezkor harakatlar natijasida savdo do‘konlarining 560 kv.metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘inning kelib chiqish sababi elektr simlarida yuzaga kelgan qisqa tutashuv natijasida deb, gumon qilindi.

Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Kiritildi: 13:51 05.07.2019. O'qildi: 1878 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!