Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Buxoroda bog‘cha mudirasining kirdikorlari fosh bo‘ldi!       

Buxoroda bog‘cha mudirasining kirdikorlari fosh bo‘ldi!       

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudining ochiq sud majlisida, sudlanuvchi Z.N.N.ga nisbatan jinoyat ishi ko‘rilib, unga nisbatan tegishli hukm va jazo tayinlandi.

Ish holatiga ko‘ra sudlanuvchi Z.N.N. Buxoro shahridagi 46-son maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi lavozimida ishlab kelib o‘z xizmat vazifasidan foydalanib, muassasa tarbiyachi yordamchisi Sh.M.X. muassasada ishlamagan bo‘lsa-da, rasmiy hujjat hisoblangan tabelga uning ishlaganligi to‘g‘risida soxta ma’lumotlarni bila turib kiritib, mansab mavqeini suiste’mol qilish yo‘li bilan 2018 yil 1 aprel kunidan 2018 yil 30 sentyabr kuniga qadar 2341,7 ming so‘mlik ish haqi hisoblab, ushbu mablag‘larni M.X.Sh.ning nomida bo‘lgan plastik kartasiga ko‘chirib, o‘z ehtiyojlariga ishlatib, byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Shuningdek jinoiy faoliyatini bir necha bor takror ravishda davom ettirib, muassasasi tarbiyachisi A.D.L. 2018 yil 1 yanvar kunidan 2018 yil30 sentyabr kuniga qadar 5845,2 ming so‘mlik ish haqi, muassasasi tarbiyachisi B.Sh.Sh. 2018 yil iyun va avgust oylarida 2080,2 ming so‘mlik ish haqi, maktabgacha ta’lim muassasasi musiqa rahbari N.B.A. 2017 yil iyun oyidan 2018 yil noyabr oyiga qadar bo‘lgan davr mobaynida 7635,3 ming so‘mlik ish haqi, muassasasi qorovuli A.A.Q.ga 2015 yil 1 oktyabr kunidan 2019 yil 1 yanvar kuniga qadar 14503,3 ming so‘mlik ish haqi, muassasasi qorovuli X.R.N.ga 2018 yil dekabr kuniga qadar 13828,3 ming so‘mlik ish haqi, muassasasi kir yuvuvchisi O.Yu.B.ga 2016 yil sentyabr oyidan 2019 yil yanvar oyiga qadar 12325,3 ming so‘mlik ish haqi, muassasasi kir yuvuvchisi R.F.M.ga 2018 yil mart oyidan 2018 yil dekabr oyiga qadar 2858,6 ming so‘mlik ish haqi, muassasa ombor mudiri R.F.F.ga 2015 yil sentyabr oyidan 2018 yil dekabr oyiga qadar bo‘lgan davrda 12794,6 ming so‘mlik ish haqi, muassasa xizmatchisi A.N.X.ga 2018 yil avgust oyidan 2019 yil yanvar oyiga qadar bo‘lgan davrda 995,4 ming so‘mlik ish haqi, muassasa oshpazi M.I.Sh.ga 2015 yil 2 noyabr kunidan 2019 yil 1 yanvar kuniga qadar bo‘lgan davrda 14170,7 ming so‘mlik ish haqi hisoblab, garchi ular amalda ishlamagan bo‘lsalarda, ushbu mablag‘larni yuqorida nomlari aks etgan shaxslarning nomida bo‘lgan plastik kartasiga o‘tkazib, o‘z ehtiyojlariga ishlatib, byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Sud Z.N.N.ga nisbatan jami qing‘ir ishlari natijasida rastrata qilib qo‘lga kiritilgan 68.282.293 so‘mni Buxoro shahar 46-son MTM hisobiga o‘tkazishni belgiladi.

Sudda Z.N.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK 167-moddasi 2-qismining a,b,g bandlari bilan JK 45-moddasini qo‘llagan holda 1 (bir) yil muddatga moddiy javobgarlik va mansabdorlik lavozimlarda ishlash xuquqidan mahrum qilingan holda, 3 (uch) yil ozodlikni cheklash tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi JK 209-moddasining 1-qismi bilan 1 (bir) yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Z.N.N.ga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 59-moddasiga asosan tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li orqali uzil-kesil 1 (bir) yil muddatga moddiy javobgarlik va mansabdorlik lavozimlarda ishlash xuquqidan mahrum qilingan holda, 3 (uch) yil 6 (olti) oy ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi JKning 61-moddasi tartibida muayyan huquqdan mahrum qilish va axloq tuzatish ishlari jazosi har qaysisi alohida ijro qilish belgilangan.

Kiritildi: 11:43 16.05.2019. O'qildi: 2155 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!