Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Buxoroda avtomashina olib qochgan jinoyatchiga hukm o‘qildi

Buxoroda avtomashina olib qochgan jinoyatchiga hukm o‘qildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Romitan tuman sudining ochiq sud majlisida, sudlanuvchi A.Abdumutallifovga nisbatan jinoyat ishi ko‘rilib, unga nisbatan tegishli hukm va jazo tayinlandi.

Ish holatiga ko‘ra sudlanuvchi A.Abdumutallifov 2019 yil 15 iyul kuni soat taxminan 06:00 larda Buxoro shahar Namozgoh ko‘chasidan o‘tuvchi avtomobil yo‘li yoqasida joylashgan “PROPAN” suyultirilgan gaz quyish shoxobchasi hududidagi “Avtomoyka”ga mijoz sifatida kelgan, Buxoro tuman Novmetan MFY, Novmetan qishlog‘ida yashovchi Asrorov Shohruh Ubaydulloyevichga o‘zini ushbu “moyka” ishchisi sifatida ko‘rsatib, unga tegishli bo‘lgan “Business Pride” MCHJ hisobida turgan 01535PFA davlat raqam belgili, 2018 yilda ishlab chiqarilgan, oq rangli “Nexia-3” (Ravon) rusumli avtomashinasini yuvib tozalab qo‘yishi uchun kalitini topshirib ketganidan foydalanib, biror-bir ruxsatnomasiz va tegishli hujjatlarsiz avtomashinani Qorako‘l tumaniga boshqarib ketib, yo‘l-yo‘lakay avtomashinaga o‘rnatilgan bahosi 300.000 so‘mlik zaxira shinasini 100.000 so‘mga sotib yuborib, transport vositasini talon-toroj qilish maqsadida olib qochish jinoyatini sodir etgan.

Shuningdek, u jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2019 yil 15 iyul kuni soat taxminan 13:00 larda Qorako‘l tuman markaziy ko‘chalarida SH.Asrorovga tegishli bo‘lgan “Business Pride” MCHJ hisobida turgan 01535PFA davlat raqam belgili, 2018 yilda ishlab chiqarilgan, oq rangli “Nexia-3” (Ravon) rusumli avtomashinasini olib qochib boshqarib yurgan vaqtda avtomashina salonida bo‘lgan bahosi 700.000 so‘mlik “Ayfon-5” rusumli uyali telefon apparatini g‘ayriqonuniy ravishda egallab olib, jabrlanuvchiga moddiy zarar yetkazib o‘g‘irlik jinoyatini sodir etgan.

Sud hay’ati A.Abdumutallifovga jazo tayinlash masalasini muhokama qilib, unga O‘zbekiston Respublikasi JKning 267-moddasi
2-qismi “g” bandi va 169-moddasi 1-qismid bilan JKning 59-moddasini qo‘llab, 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi, ozodlikdan mahrum qilish jazosi shartli deb hisoblanib, 2 yil sinov muddati belgilandi.

Kiritildi: 14:47 19.11.2019. O'qildi: 1641 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!