Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Buxoroda 41 mingga yaqin ishchining faoliyati legallashtirildi

Buxoroda 41 mingga yaqin ishchining faoliyati legallashtirildi

Buxoroda viloyat davlat soliq idoralari hamda bandlik va mexnat munosabatlari boshqarmalari xodimlari bilan birgalikda norasmiy faoliyat yuritayotgan ishchilarni legallashtirishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda. Bu haqda viloyat davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlash lozimki, hamkorlikda o‘tkazilayotgan bunday tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad joylarda uchrab turgan soliq qonunchiligi buzilishlarining oldini oldish, soliqdan qochish holatlariga barham berish va konvert usulida ish haqi olayotgan fuqarolarning haq-huquqlari tiklashga qaratilgan.

Legalizasiya ishlari kameral nazorat hamda xronometraj usullarida olib borilmoqda.

Bugungi kunga qadar viloyatdagi 12 mingdan ortiq xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda 40628 nafar xodimning faoliyatini legallashtirishga erishildi.

Sohalar bo‘yicha ko‘radigan bo‘lsak, bu ko‘rsatkich yil boshidan savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida 10501 ta;

ishlab chiqarish korxonalarida 10473 ta;

qurilish korxonalarida 7894 ta hamda qishloq xo‘jaligi korxonalarida 11755 tani tashkil etadi.

Taqdim qilingan ma’lumotlarga ko‘ra joriy yil yakuniga qadar ushbu raqamni 55 mingtaga yetkazish rejalashtirilgan.

Kiritildi: 06:13 09.10.2019. O'qildi: 1186 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!