Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Buxoro tibbiyot instituti faoliyatini prokuratura o‘rganmoqda

A A A
Buxoro tibbiyot instituti faoliyatini prokuratura o‘rganmoqda

Buxoro viloyat prokuraturasi Buxoro tibbiyot institutida yirik korrupsiya holatlariga qo‘l urilgani haqidagi xabardan so‘ng institut faoliyati yuzasidan o‘rganish boshladi.

Bu haqda Bosh prokuraturaning jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Xayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, mazkur o‘rganish uchun viloyat bandlik bosh boshqarmasi, davlat moliyaviy nazorat boshqarmasi va viloyat monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmasidan mutaxassislar jalb qilingan.

Eslatib o‘tamiz, «Odam anatomiyasi» darsligi mualliflaridan biri va ayni vaqtda institut rektori v.v.b. Shuhrat Teshayev «Bitubi Grupp» MCHJ ta’sischisi Eduard Iskov bilan kelishgan holda, bir nechta shartnomalar orqali 1,4 mlrd so‘mga yaqin institut pullarini shu korxonaga ko‘chirib bergani aytilmoqda.

Buxoro davlat tibbiyot instituti holatga munosabat bildirib, e’tirozlarni rad etgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bu holatni taftish qilishni so‘rab, 2 aprel kuni Sog‘liqni saqlash hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklariga xat yuborgan.

Kiritildi: 18:22 06.04.2021. O'qildi: 5221 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!