Kecha, 2 yanvar kuni soat taxminan 23:45 larda Buxoro viloyati Buxoro shahar “Nizomiy” MFY Mustaqillik ko‘chasida joylashgan 2 qavatli uyning xonadonlaridan birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi ro‘y bergan. Chaqnash natijasida yong‘in sodir bo‘lmagan.
Hodisa natijasida xonadonning oshxona eshik romlari joyidan siljib, zararlangan. Chaqnash oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Voqea joyiga zudlik bilan viloyat FVB, IIB, SSB, Prokuratura, Hududgazta’minot va boshqa tegishli tashkilot xodimlari yetib borgan.
Hozirda sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan Buxoro shahar IIB tezkor tergov guruhi tomonidan surushtiruv ishlari olib borilmoqda.