Bugun 16 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Buxoro davlat tibbiyot institutining Hindistonlik talabasi vafot etdi

Buxoro davlat tibbiyot institutining Hindistonlik talabasi vafot etdi

Dastlabki berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2003 yilda tug‘ilgan, institutning ikkinchi kurs talabasi Navas Nasmel kecha, 28 fevral kuni talabalar turar joyidagi o‘z xonasida sog‘lig‘i yomonlashgan va tez tibbiy yordam chaqirtirilgan.

Zudlik bilan Buxoro viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib borilgan. Ko‘rsatilgan zarur tibbiy yordam va muolajalarga qaramasdan Hindiston Respublikasi fuqarosi, a’lochi talabalarimizdan biri Navas Nasmel vafot etdi.

RSTEIAM Buxoro filiali tomonidan taqdim etilgan dastlabki tashxisga ko‘ra, marhum ikki tomonlama o‘pkalarning total pnevmaniyasi natijasida yuzaga kelgan o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.

O‘z vaqtida ma’muriyat tomonidan Hindistonning mamlakatimizdagi elchixonasi hamda talabaning yaqinlari xabardor qilindi.

Ayni damda Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:22 29.02.2024. O'qildi: 1355 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!