Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Bo‘stonliqda tog‘da adashib qolgan 7 kishi qutqarildi

Bo‘stonliqda tog‘da adashib qolgan 7 kishi qutqarildi

FVV qutqaruvchilari tomonidan tog‘li hududlarda fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyati FVBBga kelib tushgan xabarga asosan Bo‘stonliq tumanida tog‘li hududlarda adashib qolgan shaxslarni xavfsiz hududga olib chiqish bo‘yicha qutqaruv ishlari amalga oshirilgan.

Xususan, Polvonak tog‘ida adashib qolgan 7 kishi hamda Oqtosh mahallasi hududidagi tog‘li joyda qolib ketgan 1 kishiga qutqaruvchilar tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilgan. Ular xavfsiz hududga evakuasiya qilingan. Jarohatlanganlar yo‘qligi bildirilgan.

Vazirlik fuqarolardan tog‘li hududlarda harakatlanishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, yo‘nalish va ob-havo sharoitini oldindan hisobga olishni so‘ragan.

Kiritildi: 11:58 11.08.2026. O'qildi: 1386 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!