Bugun 15 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Bo‘stonliqda tadbirkor 600 ga yaqin daraxtning "joniga qasd qildi"

Bo‘stonliqda tadbirkor 600 ga yaqin daraxtning "joniga qasd qildi"

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani hududida daraxtlar qo‘porib tashlanganligi haqida xabar tarqaldi.

Holat yuzasidan Toshkent viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi va Bo‘stonliq tuman bo‘limi Ekopolisiya xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzilib, voqea joyida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida «G‘azalkent» MFY hududida “Y.D.” MCHJ tomonidan 2 gektar yer maydonida jami 586 tup (shundan qimmatbaho 9 tup do‘lana, 3 tup archa, kam qimmatli 3 tup tog‘ olchasi, 571 tup uchqat) daraxt noqonuniy ravishda ildiz qismi bilan qo‘porib tashlanganligi aniqlandi.

Ta’kidlash joizki, holat yuzasidan tadbirkorga bir necha bor murojaat qilingan. Ammo tadbirkor qonuniy talabga bo‘ysunmay, qarshilik ko‘rsatishga uringan.

Ayni damda Ekopolisiya tomonidan huquqbuzarlikka chek qo‘yildi. Maxsus texnikalar yordamida tuproq ostida qolgan daraxtlar chiqarib olinib, tabiatga yetkazilgan zarar hisoblandi. Unga ko‘ra, qonunbuzarlik natijasida jami 1 milliard 705 million 660 ming so‘m zarar yetkazilganligi hisoblandi.

Holatga huquqiy baho berish va tegishli chora ko‘rish maqsadida to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuboriladi.

Kiritildi: 14:13 08.10.2026. O'qildi: 1106 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!