Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Bo‘ston tumani hokimi etib Sanobarxon Abdinabiyevna tayinlandi.

Bo‘ston tumani hokimi  etib Sanobarxon Abdinabiyevna  tayinlandi.

Nosirova Sanobarxon Abdinabiyevna 1970 yilda Qo‘rg‘ontepa tumanida tug‘ilgan. 1992 yilda Andijon paxtachilik institutini hamda 2005 yilda Andijon muhandislik va iqtisodiyot institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1992 yili Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Savoy qishloq xo‘jalik texnikumida o‘qituvchilikdan vazifasidan boshlagan.
1995-2008 yillarda «G‘allabank»ning Qo‘rg‘ontepa tumani filialida kassir, bosh hisobchi, boshqaruvchi vazifalarida ishlagan.
2008-2012 yillarda Qo‘rg‘ontepa tumani «Buyuk turon invest» kredit uyushmasining ijrosi direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
2016 yildan tayinlovga qadar Nosirova Sanobarxon Abdinabiyevna Qo‘rg‘ontepa tumani «El rizqi non» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari bo‘lgan.
Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati Nosirova Sanobarxon Abdinabiyevna yangi lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar va zafarlar tilab qoladi.

https://telegra.ph/TAJINLOV-08-24

Kiritildi: 10:53 24.08.2021. O'qildi: 4106 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!