Bugun 19 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

«Busher» AES xavf ostida qoldi

«Busher» AES xavf ostida qoldi

Eronda Rossiya ishtirokida qurilgan atom elektr stansiyasi ilk bor hujumga uchradi. MAGATE mintaqa uchun qaytarib bo‘lmas oqibatlar haqida ogohlantirdi.

Eron janubidagi «Busher» atom elektr stansiyasi hududiga snaryad tushgan. Bu haqda Eron atom energiyasi tashkiloti Tasnim agentligiga tayanib xabar qildi. Zarar va qurbonlar yo‘q, radiasiya foni me’yorda.

MAGATE bosh direktori Rafael Grossi mojaro davrida «yadroviy avariya xavfini oldini olish uchun maksimal ehtiyotkorlik»ka chaqirdi.

«Rosatom» rahbari Aleksey Lixachyov bu holatni «xalqaro xavfsizlikning asosiy qoidalari va tamoyillariga ochiqchasiga beparvolik» deb atadi va zarba Moskva vaqti bilan 18:11 da berilganini aytdi.

Korporasiya yuz bergan holatni «qat’iy qoralaydi» va tomonlarni deeskalasiyaga chaqiradi. Stansiyada taxminan 480 nafar rossiyalik xodim qolmoqda — personalni uchinchi marta evakuasiya qilishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Eron atom energiyasi tashkiloti bunday harakatlar «barcha xalqaro me’yorlarga zid» ekanini va «butun mintaqa uchun qaytarib bo‘lmas oqibatlarga olib kelishi mumkin»ligini bildirdi.

«Busher» — Erondagi ilk va yagona atom elektr stansiyasi bo‘lib, Rosatom ishtirokida qurilgan. Qurilish 1975 yilda boshlangan, 1995 yilda qayta tiklangan.

Birinchi energoblok (1000 MVt) 2013 yilda Eronga topshirilgan, ikkinchi blok esa qurilish bosqichida. AQSh va Isroilning Eronga zarbalari boshlanganidan so‘ng «Rosatom» o‘z xodimlarini bosqichma-bosqich evakuasiya qilishni boshlagan.

Kiritildi: Bugun 17:00. O'qildi: 447 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!