Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi burunga sepiladigan sprey ko‘rinishidagi «Sputnik V» koronavirusga qarshi vaksinasi sinovlarining ikkinchi bosqichini o‘tkazishga ruxsat berdi.
Tadqiqotdan maqsad — voyaga yetgan ko‘ngillilar ishtirokida «Gam-KOVID-Vak» dori preparatining xavfsizligini, qabul qilinuvchanligini va immunogenligini baholashdan iborat. Sinovda 500 nafar ko‘ngilli qatnashadi, uni 2023 yil 31 dekabrgacha yakunlash rejalashtirilgan.