Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Bunga nima deysiz? Talabalar bilan birga chekayotgan ustozlar

A A A
Bunga nima deysiz? Talabalar bilan birga chekayotgan ustozlar

Samarqand davlat universiteti o‘quv binosi oldi bo‘ylab borar ekanman, e’tiborimni talabalar gavjum joylarda soyabon ostida sotilayotgan idora ashyolari tortdi. Ta’lim dargohi bo‘lgach, o‘quv qurollari sotilishi tabiiy-da, dersiz.

Ammo talabalarning aksariyati bu joydan idora ashyolari emas, nos va tamaki mahsulotlari sotib olayotganining guvohi bo‘lasiz. Achinarlisi, ularga ta’lim-tarbiya beruvchi o‘qituvchilar ham shu yerdan sigareta olib, talabalar bilan chekib turgan holatlar uchraydi. Bu kabi savdo-sotiq joylari, afsuski, ko‘pgina oliy o‘quv yurtlari va maktab binolari oldida yo‘lga qo‘yilgan. Ularning nazoratiga na mutasaddi tashkilotlar, na ota-onalar e’tibor beradi. Befarqligimiz bu illatning ildiz otishiga zamin yaratmaydimi?

Xolmurod SORIYEV.

Manba: zarnews.uz

Kiritildi: 15:49 23.09.2018. O'qildi: 1552 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik