Bundesver (Germaniya Qurolli Kuchlari) nemis qo‘shinlari Grenlandiyadagi missiyasini yakunlaganini da’vo qilmoqda.
Bu haqda Germaniya Qurolli Kuchlari missiyasi vakili podpolkovnik Peter Milevchuk Funke media guruhiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Biz mashqlar va o‘quv tashabbusi doirasida vaziyatni baholash bo‘yicha dastlabki vazifamizni bajardik", dedi harbiy amaldor Grenlandiya poytaxti Nuuk aeroportida jurnalistlarga.
U daniyalik hamkasblari bilan hamkorlikni "juda ijobiy va konstruktiv" deb ta’rifladi: "Aytganimdek, biz avval bu yerdagi vaziyatni baholadik va prinsipial jihatdan vazifamizni bajardik. Endi natijalar bilan uyga qaytamiz".
Avvalroq Bild gazetasi juma kuni Daniya oroliga kelgan Bundesver qo‘shinlari shoshilinch ravishda Grenlandiyani tark etayotgani haqida xabar bergan edi. Admiral Shtefan Pauli boshchiligidagi 15 nafar askar va ofiser bortda. Juma kuni Grenlandiyaga kelgan Bundesver qo‘shinlari dastlab u yerda uzoqroq vaqt qolishi kutilgan edi.