Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Bunday nikoh tufayli 80 ga yaqin xastaliklar kelib chiqadi

Bunday nikoh tufayli 80 ga yaqin xastaliklar kelib chiqadi

Tibbiyot olami olimlari yaqin qarindoshlar bilan oila qurishning salbiy oqibatlari ko‘pligini ta’kidlashadi. Uning asosiy sababi irsiy xastaliklarning ko‘payib ketishi bilan bog‘liq. Olimlarning qayd etishicha, yaqin qarindoshlar nikohi tufayli saksonga yaqin kasalliklar kelib chiqishi mumkin ekan. Jumladan, tug‘ma aqliy zaiflik, quyonlab, bo‘ri tanglay, xromosom kasalligidan daun xastaligi, temir moddasining oshib ketishi, aqliy va jismoniy o‘sishdagi jiddiy oqsoqlik kabi. Amerikalik genetiklar yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohda irsiy kasalliklar  va tug‘ma nuqsonlar qon bir bo‘lganligi uchun  keskin darajada oshib ketishini ta’kidlashadi. Begonalar oila qurganda esa kuchli gen kuchsizini yengadi, boshqa tomonning o‘sha xastaligiga qarshi tura oladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, ba’zi davlatlarda qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh qonunan taqiqlangan.

Bugun ko‘pchilik opa-singil, amakivachchalar quda bo‘lib, qarindoshlik rishtalarini mustahkamlayman, deb o‘ylaydi. Vaholanki, qarindoshlik rishtalari qudachilik bilan emas, mehr-oqibat orqali mustahkamlanadi. Tibbiyot xodimlari joylarda bu masalada tushuntirish ishlari olib borishiga qaramasdan, hamon bunday holatlar uchrab turibdi.

To‘g‘ri, tibbiyot rivojlanmoqda, bundan besh-o‘n yillar avval imkonsiz tuyulgan muolajalar amaliyotga tatbiq etilmoqda. Ammo hozircha tibbiyot qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlariga yechim topolgani yo‘q. Buning oldini olishning yagona yo‘li - unga yo‘l qo‘ymaslikdir. Ba’zilar shoshma-shosharlik bilan, o‘ylamay «mol-mulkim begonaga ketmasin, qarindoshlik rishtalari uzilmasin», deya qarindoshlar bilan quda bo‘ladi. Mulkingizni boshqarishga layoqati bo‘lmagan merosxo‘rdan ko‘ra begona bilan qarindoshlik rishtalarini bog‘lab, sog‘lom farzandlar ko‘rishdan ko‘proq manfaatdor emasmisiz? Axir yetmish foiz qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh natijasida nosog‘lom farzandlar dunyoga keladi, oilalar o‘rtasida sovuqchilik paydo bo‘ladi.

J.SHOMIRZAYEV, B.RAZZOQOV,

viloyat ruhiy kasalliklar shifoxonasi shifokorlari

Kiritildi: 06:15 03.07.2019. O'qildi: 2910 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!