Peskov Ukrainaning “Turk oqimi” gaz quvuriga xizmat ko‘rsatuvchi "Russkaya" kompressor stansiyasiga hujumiga izoh berdi.
▪️ Rossiya turkiyalik hamkorlari bilan Ukrainaning “Turk oqimi” gaz quvurining infratuzilmasiga hujumini muhokama qilishdi;
▪️Kiyev o‘zining “chet eldagi do‘stlari” nazorati ostida energetika terrorizmini amalga oshirmoqda;
▪️“Turk oqimi”ga hujum — yevropalik iste’molchilar uchun juda xavfli.
▪️Rossiya gazini jahon bozoriga yetkazib berishning qisqarishidan birinchi navbatda AQSh manfaatdor.
▪️AQSh Yevropaning asosiy gaz ta’minotchisidir. Taklifning kamayishi narxlar keskin oshishiga olib keladi.
Ukraina Qurolli kuchlari 11 yanvarda "Russkaya" kompressor stansiyasiga hujum qilgan edi. Rossiya mudofaa kuchlari 9ta dronni urib tushirishgan, stansiyaga zarar yetmagan.