Bugun 12 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Bulung‘urda yo‘ldan o‘tayotgan qizchani mashina urib ketdi

Bulung‘urda yo‘ldan o‘tayotgan qizchani mashina urib ketdi

Samarqand viloyati IIB ijtimoiy tarmoqlarda “Bulung‘urda yo‘ldan o‘tayotgan qizchani mashina urib ketibdi” sarlavhasi ostida tarqalgan videolavha yuzasidan ma’lumot berdi.

2021 yil 19 aprel kuni soat 12:45 larda Bulung‘ur tumani Istiqlol MFY hududidagi 4R-47 avtomobil yo‘lining 4-kilometrida Jomboy tumani Saboloq MFYda yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan A.J. o‘zining boshkaruvida bo‘lgan, VAZ-2106 rusumli avtomashinada, Bulung‘ur tumani Mingchinor mahallasida yashovchi, 2011 yilda tug‘ilgan U.M.ni da urib yuborgan.

YTH natijasida U.M. tan jarohati olib Bulung‘ur tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Holat yuzasidan Bulung‘ur tumani IIB YHXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:01 20.04.2021. O'qildi: 2939 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!