Mahalliy hokimiyat ma’lumotiga ko‘ra, endilikda ko‘cha chiroqlari quvvatining atigi 20 foizida ishlaydi, yorug‘likni pasaytirish imkoni bo‘lmagan hududlarda esa barcha chiroqlarning faqat 50 foizi yoqiladi.
Shuningdek, binolar, inshootlar va reklamalarning me’moriy-dekorativ yoritilishi ham cheklanadi.
Shu bilan birga, mutaxassislar deyarli butun Ukraina barqaror elektr ta’minotisiz qolish xavfi borligini ta’kidlamoqda. Bu Rossiyaning 220 kV va undan yuqori kuchlanishdagi transformatorlarga zarbalari davom etsa yuz berishi mumkin.