Bugun 30 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Bugun Toshkentning ayrim ko‘chalari yopiladi

A A A
 Bugun Toshkentning ayrim ko‘chalari yopiladi

Seshanba kuni poytaxtdagi Humo Arena muz saroyi yonida «Mo‘ynoqqa madad» xayriya velomarofoniga start beriladi.

Toshkent shahar hokimligi xabar berishicha, shu munosabat bilan xayriya velomarafoni ishtirokchilarning harakatlanish yo‘li bo‘ylab ko‘chalarning bir qismi vaqtincha yopiladi.

Quyidagi yo‘llarda harakat soat 9:30 dan 11:30 gacha to‘xtatiladi:

🔸 Afrosiyob ko‘chasi — «O‘zbekiston» metro bekatidan Nukus ko‘chasigacha;
🔸 Nukus ko‘chasi — Oybek ko‘chasidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasigacha;
🔸 Abdulla Qodiriy ko‘chasi — Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Qorasaroy ko‘chasigacha;
🔸 Qorasaroy ko‘chasi — Abdulla Qodiriy ko‘chasidan «Hazrati Imom» majmuasigacha;
🔸 Zarqaynar ko‘chasi — Qorasaroy ko‘chasidan O‘zbek davlat sirkining pastidagi tonnelgacha;
🔸 Furqat ko‘chasi — O‘zbek davlat sirkining pastidagi tonneldan Islom Karimov shoh ko‘chasigacha;
🔸 Islom Karimov shoh ko‘chasi — Furqat ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasigacha.

Kiritildi: 08:20 25.05.2021. O'qildi: 2548 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik