Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Bugun Shavkat Mirziyoyev Toshkentni aylanadi: maqsad nima?

A A A
Bugun Shavkat Mirziyoyev Toshkentni aylanadi: maqsad nima?

Bugun, 10 may kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi va bir necha ob’ektlarga tashrif buyuradi.

Kun.uz axborot manbasi xabariga ko‘ra, davlat rahbari poytaxtning Uchtepa va Chilonzor tumanlariga borishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, Toshkentda bugunning o‘zida ikkita yangi masjid ochilishi kutilyapti. Xususan, masjidlardan biri Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomi berilgan masjid ekani aytilyapti.

Bundan bir necha kun avval Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi majmuada qurilish ishlari nihoyat o‘z yakuniga yetish arafasida ekani ma’lum bo‘lgandi.

Majmua tarkibidagi masjidga kirish joyidagi muhtasham ichki va tashqi peshtoq to‘la qurib bitkazilgan. Majmuani bezab turadigan ikkita minora ustiga kichik gumbazlar o‘rnatilgan. Masjid ichidagi bezak ishlari yakuniga yetgan.

Shuningdek, prezident bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi va bir necha boshqa ob’ektlarga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 11:44 10.05.2019. O'qildi: 2388 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik