Bugun Qozog‘iston poytaxti Ostonada "Turkiy dunyo muloqotlari: umumiy kelajak, umumiy qarash" mavzusida panel muhokamasi bo‘lib o‘tadi.
Bu haqda Turkiya Prezidenti ma’muriyatining kommunikasiyalar boshqarmasi ma’lum qildi.
Panelda turkiy dunyoda, birinchi navbatda, ta’lim, iqtisodiyot, transport, energetika, fan va texnologiya, mudofaa sanoati, ommaviy axborot vositalari va madaniyat sohalarida hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilinadi.
Panelning asosiy maqsadlari Turkiy davlatlar tashkilotining (OTG) mintaqaviy va global miqyosda ko‘rinishini oshirish, turkiy dunyoning umumiy qarashlarini turli ijtimoiy guruhlarga yetkazish va mamlakatlar o‘rtasidagi akademik, madaniy va ijtimoiy aloqalarni mustahkamlashdan iborat.
Tadbirda shuningdek, 29-30 oktyabr kunlari Anqarada bo‘lib o‘tadigan OTG Davlat rahbarlari kengashining 13-sammitiga bo‘lgan umidlar ham ko‘rib chiqiladi.