Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Bugun musulmon bo‘lmagan ayollar ham ro‘mol o‘radi (foto)

A A A
Bugun musulmon bo‘lmagan ayollar ham ro‘mol o‘radi (foto)

Yangi Zelandiyada ikki masjidda amalga oshirilgan teraktlardan keyin ilk bor juma namozi ado etildi. Juma azoni Yangi Zelandiya davlat televideniyesi va radiosi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi.

Kraystchert shahridagi Xagley parkida o‘qilgan juma namoziga mamlakat bosh vaziri Jasinda Ardern ham keldi. U namozdan oldin qisqa nutq o‘qidi va nutqini hadis bilan boshladi: Muhammad payg‘ambar aytadilarki, Mo‘minlarning o‘zaro do‘stliklari, rahm qilishlari va mehr ko‘rsatishlari xuddi bir jasadga o‘xshaydi. Undagi bir a’zo xasta bo‘lsa, jasadning qolgani unga qo‘shilib bedor bo‘ladi va isitmalaydi . Yangi Zelandiya sizlar bilan. Motamdamiz, biz birmiz .

Terakt sodir bo‘lgan Al-Nur masjidi imom Jamol Fuda bosh vazirga va yangi zelandiyaliklarga musulmonlarni qo‘llab-quvvatlashgani uchun minnatdorchilik bildirdi. U terrorning rangi, dini va irqi yo‘qligini ta’kidladi:

Yangi Zelandiyani yengib bo‘lmasligini ko‘rsatdik. Dunyo bizda mehr va birlikning namunasini krishi mumkin. Yuragimiz parchalandi, lekin o‘zimiz parchalanmadik (engilmadik) .

Mamlakat bo‘ylab o‘tkazilgan xotira marosimlarida bosh vazirning chaqirig‘iga binoan musulmon bo‘lmagan ayollar ham bugun ro‘mol o‘radi.

Kiritildi: 15:29 22.03.2019. O'qildi: 5459 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!