Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Bugun millionlab odamlar maxluqlarga sig‘inishdi. Ammo…

A A A
Bugun millionlab odamlar maxluqlarga sig‘inishdi. Ammo…

Bugun millionlab insonlar qoramolga yoki kalamushga yoxud sanamlarga sig‘indilar.

Bugun millionlab odamlar: «Alloh – kambag‘al, biz esa davlatmandmiz!», «Allohning rafiqasi va farzandi bor!» hamda: «Alloh uchtadan biridir!» – dedilar.

Bugun millionlab odamlar Allohga qarshi eng og‘ir va aziym gunohlarni qilib urush qildilar. Og‘ir gunohlar bilan fosiqlik va katta xatolarni qildilar.

Biroq…

Alloh ularga muhlat berdi va shafqatini ko‘rsatdi. Hatto, shunchalar isyon qilsalar ham ularni yedirdi, ichirdi, sihhat berdi. Gunohlari evaziga jazolamadi. Agar jazolamoqchi bo‘lsa Yer yuzida bironta ham tirik jonzotni qo‘ymas edi. Alloh halimlik qildi.

Shoyad ulardan biri tavba qilar, jinoyatlari va gunohlaridan voz kechar. Hech bo‘lmasa ularning pusht kamarlaridan Allohni yaktolab, Allohga itoat qiladigan zurriyotlar chiqar,– deya muhlat berdi.

Alloh g‘azablansa va intiqomini olmoqchi bo‘lsa, uning jazosi juda ham qattiqdir!

Robbim, halimliging naqadar buyuk va muhlating naqadar uzun-a?!

"Qur’on qalblar shifosi" kanalidan

Manba: azon.uz

Kiritildi: 23:01 25.08.2018. O'qildi: 2238 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik