Livan va Isroil o‘rtasida sulh 11 apreldan boshlab e’lon qilinishi mumkin.
Bu haqda Al Hadath nashri diplomatik manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Kanalning xabar berishicha, sulh bitimi 11 aprel, shanba kuni kuchga kirishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, sulh e’lon qilinishi Livan va Isroil o‘rtasida 14 aprel kuni Vashingtonda AQSh vositachiligida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan mojaroni hal qilish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralar oldidan xayrixohlik belgisi sifatida qaralmoqda.