Avval xabar berilganidek, Tailandning Bankok shahrida sportning kikboksing turi bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkazildi. Kecha 8 nafar kikbokschimiz finalda qatnashib, 4 ta oltin va 6 kumush medalni qo‘lga kiritgan edi. Bugun ham 6 nafar sportchimiz Osiyo chempionligiga erishishdi.
Osiyo chempionlari va oltin medal sohiblari:
🥇 Davlatbek Abdumurotov – 67 kg;
🥇 Sergey Kosolapov – 69 kg;
🥇 Nazarbek Mahmudov – 51 kg;
🥇 Hasanxon Baratov – 91 kg;
🥇 Murodbek Azimov – 91 kg;
🥇 Husanxon Baratov – 91 kg.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempionatida O‘zbekistondan 22 nafar sportchi 27 ta yo‘nalish bo‘yicha qatnashdi. Kikbokschilarimiz 24 ta medalni qo‘lga kiritishgan bo‘lib, ularning 10 tasi oltin, 9 tasi kumush, 5 ta bronzadir.
Yana bir ma’lumot: 3 nafar sportchimiz, ya’ni Zarifjon Istamov (60 kg), Sergey Kosolapov (69 kg), Malika Choriyeva (65 kg) keyingi yilda Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadigan Jahon jang san’ati o‘yinlarida ishtirok etish yo‘llanmasiga ega bo‘lishdi.