O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Farhod Abdullayev 1957 yil 1 oktyabrda Qashqadaryo viloyatida tavallud topgan. 1979 yil Toshkent teatr va rassomchilik institutini tamomlagan. Ko‘p yillardan buyon O‘zbek milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritadi.
Aktyor ijodi davomida “Olovli yo‘llar”, “Bomba”, “Ko‘ngil ko‘chalari”, “O‘rtok Boykenjayev”, “Sevinch”, “Chashma”, “Jannat kaydadir”, “Afg‘on”, “Zarb”, “Berlin-Oqqo‘rg‘on”, “Erkak” kabi filmlarda va ko‘plab spektakllarda suratga tushgan. Bugun Farhod Abdullayev 64 yoshni qarshi oldi.
Kinematografiya agentligi jamoasi ustoz san’atkor Farhod Abdullayevni bugungi tavallud kuni bilan tabriklab, uzoq umr, oilaviy xotirjamlik va muvaffaqiyatlar tilaydi.